2023-12-05 19:30:23
O‘zbekiston bo‘ylab «Jetour'da dunyo bo‘ylab sayohat» loyihasiga start berildi. Joriy yilning 23 sentabr kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan Jetour modellardan istalgan birini xarid qilgan mijozlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishdi va ko‘ngilochar tomoshalar, konsert va prezentatsiyaning guvohi bo‘lishdi.