Kelajagingizni ulovlang!

Batafsil

Barcha to'lov turlari bilan, qulay narxlarda

Jetour - sayohat qilish uchun yaratilgan avtomobil!

Yo'nalishni tanlang, yo'lga chiqing

Modellar

Hayotning har qanday qiyin yo'lida sizga hamroh.

Yo'nalishni tanlang va yo'lga chiqing

JETOUR - bu

vaqt sinovidan o'tgan sifat!

Jetour kompaniyasi 1997-yilda tashkil qilingan hoding kompaniya negizida 2018-yilda tashkil topgan. Asosiy faoliyati sayohatga mo’ljallangan oilaviy krossoverlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Brendning xitoycha nomi "Jietu" deb talaffuz qilinadi va o’zbek tiliga eng yaxshi tarjimasi bu "G'alaba yo'li" ma’nosini anglatadi. Jetourning butun mahsulot assortimenti 5, 6 yoki 7 o‘rinli konfiguratsiya variantlari bilan o‘rta segment uchun mo’ljallangan , shu bilan birga ichki yonuv dvigatelli, to‘liq elektr, plagin-gibrid va kelajakda vodorodli avtomobillar ham ishlab chiqarishni ko’zda tutadi. 2018- yilning yanvar oyida Pekindagi avtoko’rgazmada Jetour X70S oilaviy SUV ni va Jetour X nomli konsep avtomobillarini taqdim etdi. O’sha yilning o’zidayoq X70 oylik sotuvlarini 10.000 donadan oshirishga erishgan. 2019-yilda muvaffaqiyatli tarzda sotuvlar esa 134.000 donadan oshadi va shu tariqa Jetour katta bozorlarga yuqari tezlikda krishga erishgan. Jetourning umumiy savdo hajmi 300 000 donadan oshdi va 28 oy ichida 300 000 sotuv hajmiga erishgan birinchi Xitoy brendiga aylandi.2022 yilning iyuligacha Jetour dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlariga kirdi va 700 millionga yaqin xaridorga ega bo’ldi. Jetour rasmiy dillerlik tarmog'ining umumiy soni 300 dan oshdi va 2025 yil oxiriga kelib 1500 taga etishi kutilayabdi. Hozirgi paytda kompaniya tarkibida X90 PLUS , Shanhai L9, Traveller ,X70 PLUS, X70, Dashing kabi o’nlab modellarni taqdim etib ulgurdi.

Brend nomi inglizcha JET (jet) va TOUR (sayohat) so‘zlarining birikmasi ma'nolarini ham ifodalay oladi. Bu avtomobilda sayohat qilish shaxsiy samolyotda uchish kabi rohatbag'ishlashi va nihoyatda qulay bo‘lishi mumkinligini anglatadi.Brend turli sohalarda tinmay mehnat qiladigan va oxir-oqibat o‘z maqsadlariga erishadigan, yangi ufqlarni ochadigan, baxtli uyg‘un hayot izlovchilar uchun mo‘ljallangan.

So'nggi yangiliklar

Veb-saytda joylashgan JETOUR brendi mahsulotlari narxlari haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Ko'rsatilgan narxlar JETOUR dilerlarining haqiqiy narxlaridan farq qilishi mumkin. JET0UR mahsulotlarining joriy narxlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun JETOUR dilerlariga murojaat qiling. JETOUR brendining har qanday mahsulotini sotib olish shaxsiy oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ko'rsatilgan avtomobil tasvirlari haqiqiy avtomobildan farq qilishi mumkin.

Bizning filiallar

BOSH OFIS SERGELI 6A 54-UY